O‘zbekiston | 16:53 / 16.11.2023
5680
2 daqiqa o‘qiladi

«Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida» qonun loyihasi ishlab chiqildi

«Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida» qonun loyihasi e’lon qilindi. Qonun loyihasi Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasining maqsadi omonatchilarning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash va aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash orqali banklarda omonatlarni kafolatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonun Omonatlarni kafolatlash agentligining faoliyati to‘g‘risida umumiy qoidalar, uning faoliyati maqsadlari, huquq va majburiyatlari, agentlikning boshqaruv organlarini, shu jumladan kengash a’zolari va bosh direktorni tayinlash mezonlarini nazarda tutadi.

Loyiha bilan omonatlarni kafolatlash tizimi, banklarning kafolatlash tizimida ishtiroki, kafolatlash tizimi mablag‘larini boshqarish, kafolatlash fondi mablag‘lari manbalari va mazkur mablag‘lardan foydalanish, kafolatlash fondi taqchilligini moliyalashtirish belgilanmoqda.

Qonun loyihasi kafolatlash obektlari, kafolatlangan omonatlar miqdori va ular bo‘yicha kompensatsiya to‘lash tartibini nazarda tutadi. Kompensatsiya miqdori, kompensatsiya to‘lab berishning umumiy prinsiplari, kompensatsiyalarni to‘lab berish tartibi, omonatchilarning huquqlari belgilanadi.

Mavzuga oid