AQSh Ukraina energetika tizimiga 500 mln dollar ajratishga tayyor
Qo‘shma Shtatlar qishki davrda Ukraina energetika tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun yana yarim milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratmoqchi. Bungacha 522 mln dollar taqdim etilgandi.
Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga sovuq harorat davrida Rossiya hujumlarining asosiy nishonlaridan biri bo‘lgan energetika tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun taxminan yarim milliard dollar berishga tayyor. Bu haqda 17 noyabr, jumaga o‘tar kechasi Vashingtonda bo‘lib o‘tgan brifingda AQSh davlat kotibining energiya resurslari bo‘yicha yordamchisi Jyeffri Payyett ma’lum qildi. «Qo‘shma Shtatlar allaqachon Ukrainaga energetika sohasida 520 million dollardan ko‘proq yordam ko‘rsatgan. Yana 500 million dollar bor», - deydi u.
Payyettning ta’kidlashicha, Davlat departamenti Ukraina energetikasi bo‘yicha ikkita istiqbolga e’tibor qaratgan: navbatdagi qishga o‘tayotgan Ukrainaga energiya tizimining chidamliligini oshirishga yordam berish bo‘yicha qisqa muddatli hamda «Yevropa bilan integratsiyalashgan va Yevropa standartlariga mos keladigan, markazlashmagan, yanada barqaror va ekologik jihatdan ancha yaxshi» bo‘lgan Ukraina energetika tizimini yaratishga qaratilgan uzoq muddatli.
«Ukrinform» muxbirining mamlakatning 61 milliard dollar miqdoridagi qo‘shimcha moliyalashtirish haqidagi so‘rovi Kongressda «tiqilib qolgani» Ukraina energetika sektorini tiklash va modernizatsiya qilish bo‘yicha joriy loyihalarga ta’sir qiladimi, degan savoliga Jyefri Payyett to‘g‘ridan to‘g‘ri javob bermadi. «Yevropaning energiya yordami Qo‘shma Shtatlarni ortda qoldirdi, shuning uchun bizning yevropalik ittifoqchilarimiz yukni o‘z zimmasiga olmoqda», dedi u, shuningdek, Yaponiyani «fantastik sherik» va «Ukraina masalalari bo‘yicha yetakchi» sifatida tilga oldi.
Ukraina energetika tizimi yangi hujumlarga tayyorlanmoqda
Mutaxassislar hisob-kitoblariga ko‘ra, «Ukrenergo» davlat kompaniyasi podstansiyalari, yirik energetika obektlarining qariyb 70 foizi, shuningdek, Ukrainaning barcha GES va issiqlik elektr stansiyalari Rossiya raketalari va dronlaridan eng ko‘p zarar ko‘rgan.
«Ukrenergo» boshqaruvi rahbari Vladimir Kudritskiyning «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida ta’kidlashicha, oktyabr oyi oxirida energiya tarmog‘ida xavfsizlik chegarasiga ega bo‘lishi uchun yetarli darajada tiklash ishlari olib borilgan.
«Biz bir milliard dollardan ortiq tashqi mablag‘ni jalb qildik», dedi u va «dunyodagi hech bir davlat bunday turdagi hujumga duch kelmagan, shuning uchun hech kimda tayyor yechimlar yo‘q», deya aniqlik kiritdi. «Ukrenergo» muhandislik to‘siqlari ustida ishlamoqda, ular o‘qqa tutilganda jihozlarni ish holatida saqlash imkoniyatini oshiradi, dedi u.
Mavzuga oid
05:07
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
16:28 / 17.11.2024
Frontdagi vaziyat: Ukraina qurolli kuchlari mudofaasi ko‘plab uchastkalarda qulamoqda
14:24 / 17.11.2024