Bodring narxi 4 baravar, pomidor narxi 60 foizga qimmatlashdi. Toshkent markaziy dehqon bozorlaridagi ulgurji narxlar
10 noyabrdan 17 noyabrgacha bo‘lgan davrda bodringning minimal ulgurji narxi 4 ming so‘mdan 16 ming so‘mgacha, maksimal bahosi esa 9 ming so‘mdan 23 ming so‘mgacha qimmatlashgan. Eng arzon pomidor narxi 5 ming so‘mdan 8 ming so‘mgacha oshgan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qo‘yliq va Chorsu dehqon bozorlarida sotilayotgan 28 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan, meva, sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, shuningdek, qo‘y va mol go‘shtlarining kunlik ulgurji narxlarini e’lon qilib keladi. Kun.uz taqdim qilingan ochiq ma’lumotlar asosida bir qator oziq-ovqat mahsulotlarining narxlar o‘zgarishini tahlil qilib chiqdi.
10 noyabrdan 17 noyabrgacha bo‘lgan davrda quyidagi mahsulotlarning minimal narxi sezilarli darajada qimmatlashgan:
- bodring 4 ming so‘mdan 16 ming so‘mgacha;
- pomidor 5 ming so‘mdan 8 ming so‘mgacha;
- uzum 8 ming so‘mdan 25 ming so‘mgacha;
- sabzi 1 ming so‘mdan 1 ming 200 so‘mgacha;
- sarimsoq piyoz 10 ming so‘mdan 12 ming so‘mgacha.
Quyidagi mahsulotlarning minimal narxi arzonlashgan:
- mandarin 25 ming so‘mdan 17 ming so‘mgacha;
- nok 19 ming so‘mdan 15 ming so‘mgacha;
- anor 10 ming so‘mdan 7 ming so‘mgacha;
- loviya 15 ming so‘mdan 14 ming so‘mgacha;
- trup 2 ming so‘mdan 1 ming 500 so‘mgacha.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning fikricha, inflatsiya statistikasini shakllantirish tizimini o‘zgartirish kerak.
«Statistika agentligi iste’mol narxlari o‘zgarishini 10-20 sanalar oralig‘ida o‘tkazadi, tabiiyki, ushbu davrdan tashqaridagi aksar narx irg‘ishlari, garchi iste’molchilar qimmatlashuv to‘lqinlarini cho‘ntaklarida his qilib ulgurgan bo‘lishsa-da, kuzatuvdan chetda qoladi. Shu sababli ko‘plab mamlakatlar haftalik narx kuzatishlariga asoslangan inflatsiya statistikasiga o‘tib bo‘lgan», deya yozdi iqtisodchi.
Avvalroq, oktyabrda iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 9 foizga yetgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:41 / 02.11.2024
Toshkent viloyatida bolalar uchun berilgan oziq-ovqatni bog‘chadan olib ketayotgan mudira ushlandi
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
10:59 / 20.10.2024
JSST salomatlik uchun xavfli bo‘lgan 5 turdagi oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qildi
11:40 / 18.10.2024