Ukrainaning YeIga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar sanasi kechiktirilishi mumkin
Reuters agentligi suhbatdoshi Yevropa Ittifoqining 27 davlati dekabrdagi sammitda Ukraina bo‘yicha kelishuvga erisha olishiga shubha bildirdi.
Yevropa Ittifoqi Kiyev bilan Ukrainaning YeIga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralarni boshlash qarorini keyinga qoldirishi mumkin. Bu haqda 17 noyabr, juma kuni YeIning dekabrdagi sammitiga tayyorgarlik jarayoni bilan tanish bo‘lgan Yevropa Ittifoqining yuqori martabali rasmiysiga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.
8 noyabr kuni Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqi kengashiga Ukrainani Yevropa Ittifoqiga qabul qilish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi. Tegishli qaror dekabr oyidagi sammitda hamjamiyatning 27 davlati rahbarlari tomonidan tasdiqlanishi rejalashtirilgan edi. «O‘ylaymanki, ba’zilar: «Mart oyida bunga qaytaylik», deyishni mo‘ljallamoqda», dedi Reuters manbasi va Vengriya Yevropa Ittifoqining barcha 27 mamlakati tomonidan bir ovozdan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan qarorga qarshi chiqishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Ukrainani qo‘llab-quvvatlash rejalari sinovdan o‘tmoqda
Bundan tashqari, agentlikning ta’kidlashicha, Kiyev hukumatiga 50 milliard yevro miqdorida qo‘shimcha yordam to‘lash bo‘yicha kelishuvga haligacha erishilmagan. Ukrainani qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lguncha davom etishi haqidagi bayonotlar sinovdan o‘tmoqda. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar rahbarlari bu juda qimmatga tushishini tushunadi.
Yevrokomissiyaning Ukrainaga 2024 yildan 2027 yilgacha barqaror moliyaviy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan maxsus jamg‘arma tashkil etish orqali Kiyevga o‘nlab milliard yevro ajratish taklifi turli tomonlardan tanqidga uchradi, deya ta’kidladi agentlik. «Biz Ukrainaning xonavayron bo‘lishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz, bu variant emas. Lekin bu oson ham emas», - dedi Reuters manbasi.
Mavzuga oid
05:07
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
16:28 / 17.11.2024
Frontdagi vaziyat: Ukraina qurolli kuchlari mudofaasi ko‘plab uchastkalarda qulamoqda
14:24 / 17.11.2024
«Eng yirik havo hujumlaridan biri». RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar uyushtirdi
10:05 / 17.11.2024