Pentagon rahbari Kiyevga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
AQSh mudofaa vaziri Ukrainaga «Ramshtayn» formatidagi yangi uchrashuv arafasida keldi va Kiyev yanada qo‘llab-quvvatlanishi haqida ma’lum qildi.
«Men hozirgina Kiyevga Ukraina rahbarlari bilan uchrashish uchun keldim. Men muhim xabarni yetkazish uchun kelganman: Qo‘shma Shtatlar Ukrainani Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda - hozir ham, kelajakda ham qo‘llab-quvvatlashda davom etadi», - deb yozdi AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin 20 noyabr, dushanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
Xabarga uning Kiyevdagi vokzalda tushgan surati ham ilova qilingan. Ostinning Ukrainaga safari avvaldan e’lon qilinmagan edi.
Pentagon saytida ta’kidlanishicha, tashrif chog‘ida Amerika mudofaa mahkamasi rahbari Ukraina rahbariyati bilan strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, jumladan, «Ukraina qurolli kuchlarini ham qishda zarur bo‘lgan jangovar imkoniyatlar bilan ta’minlash, ham o‘z mamlakatini kelajakdagi Rossiya tahdidlaridan himoya qilish masalalarini muhokama qiladi».
Shu hafta oxirida Ostin onlayn rejimda o‘tkaziladigan Ukraina mudofaasi bo‘yicha «Ramshtayn» formatidagi aloqa guruhining 17-yig‘ilishini o‘tkazadi. Uchrashuvda 50 ga yaqin davlat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
05:07
Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya ichkarisiga zarba yo‘llashga ruxsat berdi
16:28 / 17.11.2024
Frontdagi vaziyat: Ukraina qurolli kuchlari mudofaasi ko‘plab uchastkalarda qulamoqda
14:24 / 17.11.2024
«Eng yirik havo hujumlaridan biri». RF qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar uyushtirdi
10:05 / 17.11.2024