Kiyev yaqinida shug‘ullanayotgan va Liman yo‘nalishida turgan tankchilar. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 637-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Kikboksing bo‘yicha Dog‘iston jamoasi sobiq murabbiyiga Rossiyada davlatga xiyonat bo‘yicha ish ochildi. U Ukraina tomonida turib urushda qatnashgan.
- Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Donald Trampning tinchlik rejasini muhokama qilishga tayyorligi — ammo Ukraina «Donbass va Qrimni Rossiyaga bermasligi»ni aytdi.
- 17 yoshli Yegor Balazeykin terakt amalga oshirishga urinishda ayblanib, olti yil muddatga axloq tuzatish koloniyasiga hukm qilindi. Tergov versiyasiga ko‘ra, u ikki marta Leningrad oblastidagi harbiy komissariat binolariga o‘t qo‘yishga uringan.
- Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida videoaloqa orqali qilgan chiqishida Ukrainadagi harbiy harakatlarni «to‘xtatish zarur bo‘lgan fojia» deb atadi.
- Ukrainada davlat tilini himoya qilish bo‘yicha komissar Taras Kremen mamlakatda «rus tilli» tushunchasi mavjud emasligini aytdi.
Donetsk oblastida nemislarning «Leopard» tanklari
Ukrain tankchilarining Kiyevdagi o‘quv poligoni
Rossiyalik o‘smir olti yilga axloq tuzatish koloniyasiga yuborildi
22 noyabr kuni Peterburg sudi 17 yoshli gimnaziyachi Yegor Balazeykinni olti yil muddatga axloq tuzatish koloniyasiga hukm qildi. Uni Peterburgdagi va Leningrad oblastining Kirovsk shahridagi harbiy komissariatlarga o‘t qo‘yishga urinishda ayblangan. Balazeykinni terakt amalga oshirishga tayyorlanishda aybdor deb topishgan. Ish materiallarida aytilishicha, u 2023 yil fevralida harbiy komissariatlarga Molotov kokteyllari uloqtirgan — lekin binolar yonib ketmagan (jabrlanganlar yo‘q). Balazeykinning amakisi — Rossiya armiyasi ofitseri urushda halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:17
Frontdagi vaziyat: Kursk oblastida tomonlar navbatma navbat qarshi hujumga o‘tmoqda
15:24
Ukrain dronlari Rossiyaning yana ikkita qurol arsenaliga zarba berdi
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024