O‘zbekiston | 08:20 / 25.11.2023
4438
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Porsmut universiteti vakolatxonasi ochilishi kutilyapti

O‘zbekiston Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Buyuk Britaniyaga bordi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi delegatsiya amaliy safar bilan Buyuk Britaniyaga bordi.

Safar davomida Porsmut universiteti rahbariyati va bu yerda amaliyot o‘tayotgan O‘zbekiston vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Porsmut universiteti vakillari bilan professor va o‘qituvchilar malakasini oshirish, bakalavr va magistratura yo‘nalishlarida ikki tomonlama diplom berish dasturini joriy etish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalari muhokama qilindi.

Britaniya tomoni, shuningdek, 2024 yilda Porsmut universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasini ochish bo‘yicha tegishli idoralar bilan muloqot qilish istagini bildirdi.

Tashrif davomida ushbu universitetda «Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish» dasturi bo‘yicha amaliyot o‘tayotgan O‘zbekiston maktablari direktorlari bilan muloqot o‘tkazildi. 

Mavzuga oid