O‘zbekiston | 18:55 / 28.11.2023
9146
2 daqiqa o‘qiladi

Oilaviy mehmon uyi va hostel faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi 

Nizomga ko‘ra, mehmon uylari, hostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyati ularni Turizm qo‘mitasi tomonidan yuritiladigan reyestrga kiritish va reyestrdan ko‘chirma berish orqali tashkil etiladi. 

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

Hukumat qarori bilan oilaviy mehmon uylari, hostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Oilaviy mehmon uyi – mehmon uyida uy egasining oila a’zolari bilan birga yashash tamoyili bo‘yicha bir vaqtning o‘zida 10 nafargacha mehmonga (turistlarga) vaqtincha yashash va (yoki) ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 metr kvadrat hisobidan to‘g‘ri keladigan turar joy maydoniga ega bo‘lgan xususiy uy-joy obekti. 

Nizomga ko‘ra, mehmon uylari, hostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyati ularni Turizm qo‘mitasi tomonidan yuritiladigan reyestrga kiritish va reyestrdan ko‘chirma berish orqali tashkil etiladi. 

Mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda tegishli sharoitlar yaratilgan bo‘lishi shart (ro‘yxat)

Qaror bilan shuningdek, mehmon uylari, hostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarni reyestrga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 

Bunda mehmon uyi, hostel, o‘tovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs (ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun:

- Davlat xizmatlari markaziga shaxsan o‘zi kelib murojaat etadi;

- yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tadi. 

So‘rovnoma to‘ldirilib, unga tegishli hujjatlar ilova qilinadi.  

Turizm qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari (vakolatli organ) hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida ko‘rib chiqadi hamda o‘rganib chiqish natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. 

Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

Mavzuga oid