O‘zbekiston | 19:23 / 28.11.2023
7292
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yuk mashinasida turp ostiga yashirilgan pirotexnika vositalari aniqlandi 

Bojxonachilar 460 ming dona salyut va petardalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi. 

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Toshkent shahri bojxona boshqarmasi tuzilmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda salkam 460 ming dona salyut va petardalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. 

Qayd qilinishicha, avvaldan kuzatuv ostiga olingan shaxs Isuzu yuk mashinasida Farg‘ona vodiysidan poytaxt hududiga kirib kelganida to‘xtatilib tekshirilgan. Shunda yukxonasidagi turp solingan qoplar ortiga pirotexnika vositalari yashirilgani aniqlangan. Qutilar ichidan 279 dona salyut va 459 ming dona petarda topilgan. 

Ta’kidlanishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur pirotexnika vositalarining umumiy qiymati 327 mln so‘mdan oshadi. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid