Iqtisodiyot | 09:10 / 28.11.2023
20436
2 daqiqa o‘qiladi

YeIga eksport qilinayotgan o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining qariyb yarmi Polsha hissasiga to‘g‘ri kelyapti

O‘zbekiston to‘qimachilari Varshavada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada 20 million dollardan ortiq eksport shartnomalarini imzoladi.

Foto: Getty Images

«O‘zto‘qimachiliksanoati» uyushmasi va mamlakat to‘qimachilik korxonalari vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Varshava shahridagi Ptak Warsaw Expo markazida bo‘lib o‘tgan Fast Textile-2023 xalqaro to‘qimachilik ko‘rgazmasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Bu yilgi tadbirda 45 mamlakatdan 600 dan ortiq kompaniya vakillari qatnashdi. Ushbu ko‘rgazmada mamlakatda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlari Made in Uzbekistan yorlig‘i ostida 400 kvadrat metr maydonda taqdim etildi.

Polshada o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga talab tez sur’atlarda oshib boryapti. Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi davlatlariga eksport qilinayotgan o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining qariyb yarmi Polsha hissasiga to‘g‘ri keladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ko‘rgazma davomida O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari vakillari xorijiy sheriklar bilan 20 million dollardan ortiq eksport shartnomalarini imzoladi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi mamlakatning Varshavadagi elchixonasida o‘tkazilgan biznes-forumda, Lodz shahrida bo‘lib o‘tgan o‘zbek to‘qimachilik shoxobchasining ochilish marosimida va boshqa tadbirlarda qatnashdi.

Mavzuga oid