O‘zbekiston | 16:24 / 29.11.2023
8778
1 daqiqa o‘qiladi

Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ekipaj bort oldiga tez yordam mashinasini so‘ragan.

Foto: Uzbekistan Airports

Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Aqto‘bega favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Qanot Sharq mahalliy aviakompaniyasining Sankt-Peterburg — Samarqand yo‘nalishida parvoz qilgan HH786 reysi yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli Aqto‘be (Qozog‘iston) xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, ekipaj bort oldiga tez yordam mashinasini so‘ragan.

Samolyot Toshkent vaqti bilan soat 14:48 da Aqto‘bega qo‘ngan. Havo kemasi yaqin vaqt ichida Samarqand aeroportiga uchib ketishi rejalashtirilmoqda.

Mavzuga oid