O‘zbekiston | 15:29 / 30.11.2023
10130
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosida kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi

Undan foydalanish uchun ATTO ilovasida shaxsiy ma’lumotlarni kiritish zarur.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent metropolitenining «Xalqlar do‘stligi» bekatida ilk marta kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Toshkent metropolitenidan foydalanganda yo‘l haqqini to‘lash uchun bank kartalari, transport kartalari yoki QR-kodli chek olishning hojati qolmayapti. O‘tish joyida UZINFOKOMning - Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.

Kaftingizni skaner ustiga tutasiz va tizim sizni identifikatsiya qiladi. Sizdan avtomatik tarzda to‘lov yechib olinadi. Buning uchun siz bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni kiritishingiz zarur», deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablag‘i bilan to‘ldiriladi. Shundan so‘ng to‘lov uchun kaftning o‘zi kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki QR-kodli cheklarsiz to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Mavzuga oid