Ilk o‘zbek kompyuter o‘yini e’lon qilindi
The Golden Horde - o‘rta asrlardagi mo‘g‘ul oilalariga oid qarama-qarshiliklarni aks ettiradi.
O‘zbekistonning Doomers Entertainment studiyasi «The Golden Horde» (Oltin o‘rda) nomli kompyuter o‘yinini ishlab chiqayotganini e’lon qildi.
O‘yin Unreal Engine 5 dasturida yaratilmoqda va Action RPG yo‘nalishiga mansub.
O‘yindagi voqealar XIII asrga oid bo‘lib, Markaziy Osiyoda yuz beradi. Unda o‘yinchi mo‘g‘ul oilalarida ro‘y beradigan sahnalarda ishtirok etadi. O‘yin xaritasining o‘lchami 76 kv.km. bo‘lib, mashhur The Elder Scrolls V: Skyrim o‘yinidan deyarli ikki baravar kattaligi ta’kidlanmoqda.
Loyihani VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi «The Golden Horde | Action RPG | Sredniye veka» sahifasida kuzatib borish mumkin. O‘yin hali Steam do‘konlarida chiqmagan.
Mavzuga oid
18:52 / 07.11.2023
Xo‘ja Nasriddin haqida kompyuter o‘yini yaratiladi
17:24 / 21.08.2023
Smartfon akkumulyatorining yonib ketishi sabablari aytildi
14:17 / 21.08.2023
Inson tanasi uchun mo‘ljallangan konditsioner ixtiro qilindi
15:51 / 26.06.2016