Jahon | 00:39 / 03.12.2023
12647
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh falastinliklarni majburiy ko‘chirilishiga yo‘l qo‘ymaydi - Kamala Xarris

Shuningdek, AQSh G‘azodagi barcha garovga olinganlarni ozod qilish uchun «tinimsiz ta’qib»ni davom ettiradi.

Foto: Reuters

AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris «Qo‘shma Shtatlar hech qanday sharoitda falastinliklarni G‘azo yoki G‘arbiy Sohildan majburan olib chiqilishiga, G‘azoni qamal qilinishiga yoki G‘azo chegaralarini o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymaydi», dedi.

Bu haqda u Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi. Xarris G‘azodan Amerika fuqarolarini evakuatsiya qilish harakatlari uchun Misrga minnatdorchilik bildirdi.

COP28 iqlim sammiti doirasida Dubayda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Xarris tinchlik sa’y-harakatlari «falastin xalqining qayta tiklangan Falastin ma’muriyati ostida o‘z davlatini barpo etishi uchun aniq siyosiy istiqbol kontekstida amalga oshirilsagina muvaffaqiyat qozonishi mumkinligini aytdi».

Vitse-prezident HAMAS G‘azoni nazorat qila olmasligini va AQSh G‘azodagi barcha garovga olinganlarni ozod qilish uchun «tinimsiz ta’qib»ni davom ettirishini ma’lum qildi.

Mavzuga oid