Iqtisodiyot | 13:27 / 07.12.2023
18992
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda AGTKSlar ish vaqtiga cheklov kiritildi

Havo sovishi munosabati bilan, Qoraqalpog‘istonda avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari soat 06:00 dan 15:00 gacha ishlashi belgilandi. Avvalroq bunday chora Andijon viloyatida qo‘llanilgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi shoxobchalar ishlashida ham uzilishlar bo‘layotgani aytilmoqda.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari tun-u kun rejimidan soat 6:00 dan 15:00 gacha ishlash rejimiga o‘tmoqda. Bu haqda “Hududgaz Qoraqalpog‘iston”ga tayanib, KRuz.uz xabar berdi.

Bu cheklov 9–14 dekabr kunlari havo kesin sovib ketishi munosabati bilan iste’molchilarning tabiiy gazga talabi ortib, magistral tarmoqlarda gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida kiritilgan.

Avvalroq ayni sabab bilan Andijon viloyati hokimligi 4 dekabrdan boshlab viloyatdagi AGTKSlar ish vaqti 6:00 dan 15:00 gacha cheklanishi haqida xabar bergandi.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi gaz quyish shoxobchalari faoliyatida ham uzilishlar kuzatila boshlagani haqida ma’lumotlar bor.

Noyabr oyida parlamentda hisobot bergan energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov qattiq sovuq kunlarda gaz-shoxobchalariga ta’minot 30 foizgacha qisqartirilishi mumkinligini aytgandi.

Mavzuga oid