Jahon | 10:30 / 07.12.2023
3925
2 daqiqa o‘qiladi

To‘qayev qozoq tilini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘z hisobidan 7 mln tenge ajratdi

U qozoq tilidagi OAV va bosma mahsulotlarni ko‘paytirish, o‘qitish uslublarini takomillashtirish, o‘qish savodxonligi va yozish madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha ham topshiriqlar berdi.

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qozoq tilini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga o‘z hisobidan 7 mln tenge ajratdi. Bu haqda Zakon nashri xabar bermoqda.

QAZAQ TILI Endowment Qory jamg‘armasi rahbari, jamoat arbobi Rauan Kenjyexanulining aytishicha, endaument-fondning an’anaviy jamg‘armalardan farqi shundaki, ajratilgan mablag‘lar sarflanmaydi – ular boshqariladi va investitsiya qilinadi.

Ushbu investitsiyalardan tushgan mablag‘lar benefitsiar tashkilotning maqsadlariga erishish uchun ishlatiladi. Bunday maqsadli kapitalga ega jamg‘armalar butun dunyoda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim va davlat muassasalarining uzoq muddatli faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun keng qo‘llanadi, dedi Kenjyexanuli.

Davlat rahbari «Qozoq tili» hamjamiyatiga qozoq tilidagi ommaviy axborot vositalari va bosma mahsulotlarni ko‘paytirish, o‘qitish uslublarini takomillashtirish, o‘qish savodxonligi va yozish madaniyatini yuksaltirish, qozoq tilini mustahkamlash uchun zamonaviy texnologik yechimlarni keng joriy etish kabi qator loyiha va tadbirlarni amalga oshirish hamda qozoq tilida foydalanuvchilar hamjamiyatini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Mavzuga oid