O‘zbekiston | 07:20 / 09.12.2023
9279
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aeroportlarida ayrim reyslar parvozi yana kechiktirildi

Xususan, Namangan xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli 9 dekabr kuni qator reyslar o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.

Foto: Uzbekistan Airports

O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida ayrim reyslarning parvoz vaqti kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Kechiktirilgan reyslar bo‘yicha ma’lumot:

Panorama Airways aviakompaniyasining 5P5369 (Toshkent —   Madina) reysining uchishi samolyotning kech yetib kelgani sababli Toshkent vaqti bilan 06:00 ga qoldirildi.

Shuningdek, Namangan xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli faqat 9 dekabr sanasida quyidagi reyslar o‘zgartirilgan jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9807 (Namangan — Nijnevartovsk) reysi: Namangandan uchish 00:01 da, Nijnevartovskka qo‘nish Toshkent vaqti bilan soat 03:15 da;

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9808 reysi (Nijnevartovsk — Namangan): Nijnevartovskdan uchish soat 04:30 da, Namanganga qo‘nish Toshkent vaqti bilan soat 08:20 da;

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9821 (Namangan — Irkutsk) reysi: Namangandan uchish 09:45 da, Irkutskka yetib kelish Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da;

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9822 reysi (Irkutsk — Namangan): Irkutskdan uchish 15:30 da, Namanganga qo‘nish Toshkent vaqti bilan soat 20:10 da;

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY94 reysi (Namangan — Toshkent): Namangandan uchish 21:00, Toshkentga qo‘nish Toshkent vaqti bilan soat 21:50.

Mavzuga oid