O‘zbekiston va Shvetsiya Afg‘onistonda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili va Shvetsiya elchisi Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Shvetsiya elchisi Tomas Danestad bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasidagi Afg‘oniston yo‘nalishidagi munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Elchi O‘zbekistonning Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlik o‘rnatishdagi muhim roli hamda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish va mamlakat milliy iqtisodiyotini tiklash borasidagi sa’y-harakatlarini alohida ta’kidladi.
Afg‘onistondagi bugungi vaziyat hamda ushbu mamlakatda turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.
Mavzuga oid
17:22
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024