O‘zbekiston | 08:57 / 11.12.2023
39230
1 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchgan samolyot bortda zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Peterburgga favqulodda qo‘ndi

Hodisa 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir bo‘lgan. 1991 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan olib chiqilgan.

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi havo kemasida zo‘ravonlik qilgan yo‘lovchi tufayli Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Hodisa 11 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:35 da HY102 Nyu-York – Toshkent reysida sodir bo‘lgan. Boeing 787 havo kemasi sardori yo‘nalish bo‘ylab muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qilgan. Bortdagi muammo haqida radioaloqa orqali xabar berilgan. 1991 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi politsiya xodimlari tomonidan reysdan olib chiqilgan.

Kerakli protseduralar amalga oshirilgach, havo kemasi belgilangan aeroportga parvozni davom ettiradi.

HY102 reysining Toshkentga yetib kelishi Toshkent vaqti bilan 13:00 ga belgilangan.

Mavzuga oid