O‘zbekiston | 16:44 / 13.12.2023
127109
1 daqiqa o‘qiladi

Dekabr oyi ikkinchi yarmiga dastlabki ob-havo prognozi e’lon qilindi

2023 yil 18-31 dekabr kunlariga O‘zbekiston bo‘yicha dastlabki ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz

19 dekabrda respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida, 20 dekabrda markaziy viloyatlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, dekabr oyining oxirgi besh kunlik ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda (1–2 kun) yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, havo harorati 18 dekabrda kechasi 0...–5 daraja, kunduzi +5...+10 daraja, 19–20 dekabrda kechasi –3...+2 daraja bo‘ladi, kunduzi 0...+5 darajagacha ko‘tariladi.

21–31 dekabrda harorat kechalari 0...+5 darajadan –3...–8 darajagacha, kunduz kunlari 0...+5 darajadan +7...+12 darajagacha, shimolda kechalari 0...–5 darajadan –10...–15 darajagacha, kunduz kunlari 0...+5 darajadan –2...–7 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

Mavzuga oid