Eron o‘zbekistonliklar uchun viza rejimini bekor qildi
Mamlakat butun dunyoga o‘z eshiklarini ochmoqchi ekani ta’kidlandi.
Eron Vazirlar Mahkamasi bir tomonlama tartibda 32 davlat bilan viza rejimini bekor qilishni ma’qulladi. Bu haqda IRNA xabar berdi.
Viza rejimi bekor qilingan mamlakatlar orasida O‘zbekiston ham bor. Shuningdek, ro‘yxatdan BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Kuvayt, Hindiston, Rossiya, Livan, Qirg‘iziston, Tojikiston, Tunis, Mavritaniya, Tanzaniya, Zimbabve, Mavrikiy, Seyshel orollari, Indoneziya, Bruney, Yaponiya, Singapur, Kamboja, Malayziya, Viyetnam, Braziliya, Peru, Kuba, Meksika, Venesuela, Bosniya va Hersegovina, Serbiya, Xorvatiya va Belarus ham joy olgan.
Yangilik to‘g‘risida Eron madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vaziri Izzatulloh Zurg‘omiy Tehrondagi Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.
Eron vazirining qayd etishicha, hukumat butun dunyoga mamlakat eshiklarini ochmoqchi.
«Eron dunyo, odamlar bilan muloqot qilmoqchi, eronofobiya bilan kurashmoqchi. Viza rejimining bir tomonlama bekor qilinishi Eronga bemalol keladigan chet el fuqarolari bilan muloqot qilish uchun imkoniyatdir», deb ta’kidladi Zurg‘omiy.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, dastlab 60 mamlakat bilan viza rejimini bekor qilish taklifi berilgan. Ammo yakunda 33 tasi ma’qullangan.
Mavzuga oid
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
23:32 / 13.11.2024