Isroil Mudofaa vaziri HAMAS harakatiga qarshi kurash uzoq vaqt davom etishini aytdi
Yoav Gallant HAMAS harakatini yo‘q qilish uchun bir necha oy kerakligini ma’lum qildi.
AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivan Isroilda bo‘lib, mamlakat rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bosh vazir Binyamin Netanyahu bilan suhbatidan tashqari, u mudofaa vaziri Yoav Gallant bilan ham muzokara olib bordi.
Isroil hukumati bayonotiga ko‘ra, Gallant AQSh rasmiysiga HAMAS harakatini butunlay yo‘q qilish uchun «bir necha oylar» ketishini aytgan.
«Bu biroz vaqt oladi - bu bir necha oydan ko‘proq davom etadi, ammo biz ularni mag‘lub qilamiz va yo‘q qilamiz», deb ishontirdi u.
Shuningdek, Gallant G‘azoda HAMAS infratuzilmasini yo‘q qilish oson bo‘lmasligini ma’lum qilgan.
Isroil tomoniga ko‘ra, HAMAS o‘zining 17 yillik hokimiyati davomida butun G‘azo sektorini mustahkam qal’aga aylantirgan, tunnellar, istehkomlar va o‘q otish punktlarining keng tarmog‘ini aholi punktlari orasida joylashtirgan. Bu esa «jangarilarga qarshi kurash amaliyotini nihoyatda qiyinlashtiradi».
Sallivanning Isroilga tashrifi tinch aholi o‘limi va G‘azodagi gumanitar vaziyatning yomonlashuvi oqibatida xalqaro bosim kuchayib borayotgan bir paytda amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
22:56 / 15.11.2024
Hamas korpusi Qatardan ketadimi? Qaysi davlatga?
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
08:08 / 14.11.2024
Borrel YeIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
20:47 / 12.11.2024