Toshkent viloyatida gazdan noqonuniy foydalanib kelgan yashirin sexlar aniqlandi
Toshkent viloyatida tabiiy gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departament xabariga ko‘ra, Zangiota tuman bo‘limi tomonidan gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida yakka tartibdagi tadbirkor K.K. o‘z uyida fuqaro Q.L. bilan ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida ulanib, 141,9 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Shu kabi, departamentning Toshkent tuman bo‘limi tomonidan IIB va gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro U.J “B.” MFY hududidagi uyida yashirin sex tashkil qilib, o‘g‘irlik yo‘li bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan chips mahsulotlarini ishlab chiqarayotgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:12 / 15.11.2024
Dilshod Sultonov shahar hokimligidan ham ketdi
08:14 / 14.11.2024
Toshkent viloyatida “zakladchiklar” qo‘lga olindi
13:38 / 08.11.2024
Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi
21:15 / 07.11.2024