O‘zbekiston | 14:47 / 16.12.2023
30388
2 daqiqa o‘qiladi

Kimlarga kommunal xizmatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lanishi aytildi

Qaysi toifa shaxslarga uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya to‘lanishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Shutterstock

Pensiya jamg‘armasi xabariga ko‘ra, Moliya vazirligining 2010 yil 30 dekabrdagi buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining mexanizmi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, qator shaxslar pensiyani hisoblash bazaviy miqdori (hozirgi kunda 372 ming so‘m)ning 45 foizi miqdorida oylik kompensatsiya pul to‘lovlari oluvchilari hisoblanadi.

Ushbu shaxslar:

1. O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensiya yoki nafaqa oluvchilar.
2. Ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.
3. Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar.
4. 1941-1945 yillardagi urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar.

Shuningdek, yoshi 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilangan.

Mavzuga oid