O‘zbekiston prezidentining va YeIning maxsus vakillari afg‘on muammosini tartibga solishni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining va YeIning maxsus vakillari afg‘on muammosini tartibga solish va xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida BMTning yetakchi o‘rni muhimligini ta’kidladilar.
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Tomas Niklasson bilan video-konferens-aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, xususan, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, jumladan, Afg‘onistondagi joriy vaziyat muhokama qilindi.
Afg‘on muammosini tartibga solish va xalqaro sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalasida BMTning yetakchi o‘rni muhimligi ta’kidlandi.
Tomonlar Afg‘onistonning yangi hukumatiga nisbatan jahon hamjamiyatining yaxlit yondashuvini ishlab chiqmasdan turib, o‘tkir ijtimoiy-gumanitar inqirozni bartaraf etish, shuningdek, mamlakatda mustahkam tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shib bo‘lmasligini qayd etdilar.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
17:48 / 06.11.2024