Rossiya O‘zbekistonda tog‘-chang‘i kurorti qurishni rejalashtirmoqda
Rossiyalik investorlar O‘zbekistonda 300 million dollarlik tog‘-chang‘i kurortini quradi.
Rossiyaning ommabop "Argumenty i fakty" haftanomasida "Rossiyalik investorlar O‘zbekistonda tog‘-chang‘i kurortini quradi" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Maqolada Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatiga tayanib, Rossiyadan kelgan investorlar O‘zbekiston hududida yana bir dam olish maskani yaratish niyatida ekani haqida xabar qilingan.
Gazetada yozilishicha, tadbirkorlar tog‘-chang‘i kurortini quradilar, shuningdek, uni uchta kanat yo‘li va besh yulduzli mehmonxonalar bilan jihozlash rejalashtirilgan.
"Qishki oromgohni barpo etish uchun jami 300 million AQSh dollari sarmoya kiritiladi. Rejaga ko‘ra, loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish 2026 yilga mo‘ljallangan", - deya ma’lumot beradi "Argumenty i fakty" gazetasi.
Mavzuga oid
16:42
Kreml Putin va Tramp telefonda suhbatlashganini rad qildi
10:47
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
13:30 / 10.11.2024
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
15:10 / 09.11.2024