Toshkent shahrida ijara narxlari pasaydi
Noyabr oyi davomida poytaxtning 10 ta tumanida ijara narxining pasayishi kuzatilgan. Ijara uchun eng qimmat narxlar Shayxontohur (1 kvadrat metr uchun 11,6 dollar), Yakkasaroy (10,9 dollar) va Mirobod (11,5 dollar) tumanlarida qayd etilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘zining navbatdagi sharhida ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.
Noyabrda ko‘chmas mulk savdosi 4 foizga oshgan. O‘tgan oy davomida faollikning eng ko‘p o‘sishi quyidagi viloyatlarda qayd etilgan: Xorazm – 23 foiz, Namangan – 16 foiz, Jizzax – 12 foiz.
Yil davomida esa uy-joy savdosi 10 foizga kamaygan. Faollikning eng ko‘p pasayishi Navoiy va Jizzax viloyatlarida qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 23 foiz va 18 foiz. Poytaxtda sotuvlar o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga kamaygan.
Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat
Noyabr oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining o‘rtacha narxi oktyabr oyidagi 9,5 dollarga nisbatan 2,1 foizga pasayib, 1 kvadrat metr uchun 9,3 dollarni tashkil etgan.
Ijara uchun eng qimmat hududlar sifatida Shayxontohur (kvadrat metr 11,6 dollar), Yakkasaroy (10,9 dollar) va Mirobod (11,5 dollar) tumanlari keltirilgan.
Poytaxtdagi uy-joy ijarasi Uchtepa (8,1 dollar), Sergeli (7,1 dollar) va Bektemir (6,2 dollar) tumanlarida eng maqbul narxlarda qolmoqda. Shu bilan birga, poytaxtda o‘rtacha ijara narxi o‘tgan yilga nisbatan 6,1 foizga, yil boshidan buyon esa 9,2 foizga arzonlashgan.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori
Noyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi bir kvadrat metr uchun 0,7 foizni tashkil etdi, narxlar yillik nisbatda 18,2 foizga oshgan.
Yil davomida Xorazm (32,9 foiz), Toshkent (31 foiz) va Buxoro (26,9 foiz) viloyatlarida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining sezilarli o‘sishi qayd etilgan.
Toshkent shahrida noyabr oyi davomida ikkilamchi uy-joy narxi 0,4 foizga oshdi. Poytaxtda narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Shayxontohur (1,7 foiz), Yunusobod (1,6 foiz) va Sergeli (1,5 foiz) tumanlarida kuzatildi. Yil davomida esa ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 22,8 foizga qimmatlashgan.
Mavzuga oid
10:27 / 14.11.2024
Toshkentda eng arzon uy-joy ijarasi qaysi tumanlarda ekani aytildi
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
13:32 / 06.11.2024