O‘zbekiston va AQSh kelgusi yil uchun rejalarni muhokama qildi
O‘zbekiston TIV rahbari va AQSh elchisi kelgusi yilda ham ikki tomonlama munosabatlarning yuqori sur’atini saqlab qolish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga kelishib oldi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSh elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.
"AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik janoblarini qabul qildik", - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
"Joriy yil yakuniga yetib borar ekan, biz erishgan yutuqlarimizni sarhisob qilib, yaqin istiqboldagi rejalarni ko‘rib chiqdik", deydi Baxtiyor Saidov.
O‘zbekiston-AQSh munosabatlaridagi yuqori sur’atni kelasi yilda ham davom ettirish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga kelishib olindi.
Muzokaralar kun tartibi yuqori darajadagi tadbirlar jadvali hamda ayrim global va mintaqaviy mavzularni ham qamrab olgan.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024