O‘zbekiston | 10:35 / 20.12.2023
3937
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIV tahliliy boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Shuhrat Yigitaliyev O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov o‘rniga tayinlandi.

Foto: Dunyo AA

Shuhrat Yigitaliyev O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Strategik tahlil va tashqi siyosatni rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, diplomat 47 yoshda. U O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Fransiyaning Strasburg universitetini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida mamlakatning yetakchi tahliliy tuzilmalarida, jumladan, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, shuningdek, Turkiyadagi elchixonada turli lavozimlarda ishlagan.

Shuhrat Yigitaliyev O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Farrux Tursunov o‘rniga tayinlandi.

Mavzuga oid