O‘zbekiston | 07:23 / 20.12.2023
7702
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 15 kunda 73 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda dekabr oyining 15 kunida ayrim iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida davlat manfaatlariga 73 milliard 274 million so‘mlik zarar yetkazildi. 

Foto: Telegram / Energoinspeksiya

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” DXX, Bosh prokuratura, elektr va gaz ta’minoti korxonalari mutaxassislari bilan hamkorlikda dekabr oyining 15 kunida o‘tkazgan nazorat tadbirlarida 411 nafar iste’molchining tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishi natijasida davlat manfaatlariga jami 73 milliard 274 million so‘mlik zarar keltirilgani aniqlandi.

Toshkent viloyatida 20 ta holatda tizimga 25 mlrd 293 mln so‘mlik, Toshkent shahrida 30 ta holatda tizimga 11 mlrd 308 mln so‘mlikdan ziyod va Farg‘ona viloyatida 52 ta holatda tizimga 7 mlrd so‘mlikdan ziyod energoresurslar talon-toroj qilingan.

Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan. 

Mavzuga oid