O‘zbekiston | 18:33 / 20.12.2023
8219
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 2023 yilda 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi 

Prezident huzuridagi IT sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda kiberxavfsizlik masalalari muhokama qilindi. 

Foto: Reuters

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda IT sohasi rivojlangani sari kiberxavfsizlikni ta’minlashning dolzarbligi qayd etildi. 

Ta’kidlanishicha, 2023 yilning 11 oyida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etilgan. Shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘irlik jinoyatlari hisoblanadi. 

Bugungi kunda O‘zbekistonda 50 ga yaqin to‘lov tizimi bo‘lib, ularning hammasi ham kiberxavfsizlik talablariga javob bermasligi qayd etildi. 

Mutasaddi vazirlik va idoralarga barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish va ijrosini qat’iy nazorat qilish topshirildi. 

IT xizmatlari hajmini 20 trillion so‘mga, eksportni 800 million dollarga yetkazish, tarmoqlarda 130 ta axborot tizimini joriy qilish va 750 ta davlat xizmatini to‘liq raqamlashtirish borasidagi rejalarni ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.

Mavzuga oid