Si Jinping Baydenga Tayvanni Xitoy bilan birlashtirish rejalari haqida gapirdi - OAV
Xitoy orol ustidan nazoratni kuch bilan emas, tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritishni rejalashtirayotgani ta’kidlanmoqda.
Xitoy rahbari Si Jinping AQSh prezidenti Jo Baydenga San-Fransiskodagi sammitda Tayvanni materik bilan birlashtirish rejalari haqida gapirgan. Bu haqda NBC telekanali amerikalik uch amaldorga tayanib xabar berdi.
Telekanal suhbatdoshlarining aytishicha, Xitoy orol ustidan nazoratni kuch bilan emas, tinch yo‘l bilan qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Si Jinping Tayvanni 2025 yoki 2027 yilda bosib olmoqchi ekani haqidagi xabarni rad qilgan va Xitoy hali muddat belgilamaganini qo‘shimcha qilgan.
Sammit oldidan Xitoy rasmiylari Jo Baydendan Xitoyning Tayvanni anneksiya qilish rejalarini qo‘llab-quvvatlashini va AQSh orol mustaqilligini tan olmasligi haqida bayonot berishini so‘ragan. Oq uy so‘rovni rad etdi, deb ta’kidlamoqda NBC.
Telekanal xabariga ko‘ra, Si Jinping Tayvandagi prezidentlikka nomzodlardan xavotir bildirgan, saylov 2024 yil yanvariga belgilangan. Jo Bayden bunga javoban saylov jarayonlarini hurmat qilishga chaqirgan.
Xitoy Tayvanni o‘z hududi deb biladi va orol yaqinida bir necha bor harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan. Qo‘shma Shtatlar Tayvan hukumati bilan diplomatik aloqalarni saqlab turibdi, ammo uning mustaqilligini tan olmaydi. Shu bilan birga, Oq uy Pekin tomonidan tajovuz sodir bo‘lgan taqdirda yordam berishga tayyorligini bir necha bor ta’kidlagan. 2024 yil avgust oyida AQSh ma’muriyati Tayvanga qurol sotib olish uchun 80 million dollar ajratishni ma’qulladi. Sentyabr oyida esa Xitoy orol bilan integratsiyani chuqurlashtirish rejasini taqdim etdi.
Mavzuga oid
22:22 / 16.11.2024
Xitoyda imtihondan o‘ta olmagan talaba ommaviy qirg‘in uyushtirdi
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
17:54 / 16.11.2024
T-Mobile uyali aloqa operatori xitoylik hakerlar hujumiga uchradi – OAV
16:48 / 16.11.2024