Yevropa Ittifoqi migrantlarni qabul qilishning yangi qoidalarini kelishib oldi
Qoidalar noqonuniy migrantlarni Yevropa Ittifoqiga kelganida tekshirish, boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqish tartiblari va shunga o‘xshashlarni o‘z ichiga oladi.
Yevropa Ittifoqi migrantlarni qabul qilish xarajatlari va ishlarini tengroq taqsimlash, shuningdek, kelayotgan odamlar sonini cheklash uchun mo‘ljallangan yangi qoidalar bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Yevroparlament va YeI mamlakatlari hukumatlari vakillari kelasi yildan kuchga kirishi kerak bo‘lgan «Migratsiya va boshpana bo‘yicha yangi pakt» umumiy sarlavhasi ostidagi qonunlar bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Qoidalar noqonuniy migrantlarni Yevropa Ittifoqiga kelganida tekshirish, boshpana so‘rovlarini ko‘rib chiqish tartib-qoidalari, arizalarini ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan Yevropa Ittifoqi davlatini aniqlash qoidalari va muammolarni hal qilishni o‘z ichiga oladi.
Ta’kidlanishicha, taqdim etilgan tekshirish tizimi xalqaro himoyaga muhtojlarni unga muhtoj bo‘lmaganlardan ajratish imkonini beradi.
Shu tariqa, boshpana so‘rash da’volari muvaffaqiyatli bo‘lishi imkoniyati past odamlarning Yevropa Ittifoqiga kirishiga to‘sqinlik qilish va chegarada ushlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:18 / 16.11.2024
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
17:51 / 15.11.2024
Rossiyaning Samara oblastida migrantlar uchun patent narxi 1,5 baravar oshirildi
16:52 / 15.11.2024
Rossiyaning Saxalin oblastida migrantlarga 24 ta sohada ishlash taqiqlandi
15:19 / 15.11.2024