O‘zbekiston va Qirg‘iziston siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi davrasini o‘tkazdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov va Jeenbek Kulubayev ishtirokida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.
«Bugun qadrli hamkasbim, tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazdik», - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Mamlakatlar o‘rtasidagi jadal rivojlanib borayotgan keng ko‘lamli strategik sheriklik kun tartibi alohida ta’kidlandi.
Muzokaralarda bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar, munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni faollashtirish, yangi qo‘shma sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, hududlararo muloqotlarni mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qirg‘iziston TIV rahbari 20 dekabr kuni tashrif bilan Toshkentga kelgan edi. Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston tashqi ishlar ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kutib oldi.
Mavzuga oid
17:30 / 14.11.2024
Qirg‘iziston Issiqko‘lni saqlab qolish uchun qo‘shnilarga kamroq suv berishi mumkin
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024