O‘zbekiston | 16:10 / 24.12.2023
10449
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 2023 yilda 3,2 trln so‘mga oshirildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda mudofaa va xavfsizlik xarajatlari 3,2 trillion so‘mga (260 million dollar) oshirildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan ma’qullangan «2023 yilgi davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarda so‘z boradi. 

Qonunchilik palatasi o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni 15 dekabrda, Senat esa 20 dekabrda ma’qullagan. Gazeta.uz yozishicha, mudofaa va xavfsizlik xarajatlarini oshirishga «yopiq qaror» bilan qaror qilingan.

Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bojxona qo‘mitasi, Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi va boshqa tashkilotlar xarajatlari 1,91 trillion so‘mga oshgan — 36,06 trillion so‘mdan 37,97 trillion so‘mga (3,07 milliard dollar) o‘sgan.

Mudofaa xarajatlari boshqa xarajatlarni kamaytirish hisobiga 3,2 trillion so‘mga oshirilgan. Xususan, Bojxona qo‘mitasi va Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi («O‘zdavzaxira») Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasiga o‘tkazilishi munosabati bilan xarajatlar mos ravishda 944,4 milliard so‘m va 64,5 milliard so‘mga qisqartirilmoqda.

Mavzuga oid