Jamiyat | 11:47 / 24.12.2023
13151
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda «Nexia-3» haydovchisi halok bo‘ldi

Avtobus qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan «Nexia-3» mashinasi bilan to‘qnashgan.

Samarqand viloyati Urgut tumanida uchta transport hodisasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda haydovchilardan biri halok bo‘lgan.

IIV YHXB axborot xizmati xabar berishicha, hodisa 2023 yil 16 dekabr kuni Urgut tumanidan o‘tuvchi 4R-47 Bulung‘ur-Urgut avtomobil yo‘lining Sariqtepa mahallasidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan.

Urgut-Nisbot yo‘nalishida harakatlanayotgan «Lasetti» mashinasi oraliq masofani saqlamagan va o‘zidan oldida ketayotan «Isuzu» avtobusning orqa tomoniga borib urilgan.

Oqibatda avtobus havdovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib, o‘z yo‘lidan harakatlanib kelayotgan «Nexia-3» bilan to‘qnashgan.

Hodisa tufayli «Nexia-3» haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid