O‘zbekiston | 09:00 / 25.12.2023
4612
6 daqiqa o‘qiladi

Amaliyotga yo‘naltirilgan ilg‘or ta’lim texnologiyalari transferi bo‘yicha innovatsion xab –yoshlar tashabbuslari markazi ochildi

Foto: Kun.uz

Toshkentda Amaliyotga yo‘naltirilgan ilg‘or ta’lim texnologiyalari transferi bo‘yicha Innovatsion xab –yoshlar tashabbuslari markazi tashkil etildi. Mazkur xabning muhim xususiyati O‘zbekiston yoshlarining dunyodagi amaliyotga yo‘naltirilgan eng ilg‘or ta’lim texnologiyalaridan foydalanishini ta’minlashdir. Innovatsion xabda ilk bor oliy ta’lim muassasalari uchun ham, maktabgacha ta’lim muassasalari, o‘rta maktablar, texnikumlar, kollejlar va kasb-hunar maktablari, shuningdek faoliyat yuritayotgan mahalliy korxonalarda band bo‘lgan yoshlar uchun ham mos bo‘lgan amaliyotga yo‘naltirilgan universal ta’lim vositalari taqdim etiladi. Innovatsion xabning texnologik jihozlari dunyodagi amaliyotga yo‘naltirilgan eng ilg‘or ta’lim texnologiyalarini amalga oshirishga imkon beradi, masalan:

• “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligi va mutaxassislikka kirish” ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi. Texnologiya respublikaning texnik oliy o‘quv yurtlari, texnikumlari, kollejlari va kasb-hunar maktablari uchun ishlab chiqilgan. Ushbu ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyasi Dual ta’lim texnologiyalari va Texnik baholash markazlari asosida ishlab chiqilgan. Texnik baholash markazlari (IACs) metodologiyasi AQShning 37 universitetida joriy etilgan va AQSh Energetika vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi. Markazlar talabalar kuchlari bilan sanoatda qo‘llash uchun energiya tejash texnologiyalari bo‘yicha tadqiqotlar olib boradilar. Yaratilganidan beri IACs dasturi energiya xarajatlarida 4,5 milliard dollardan ko‘proq mablag‘larni tejashga imkon berdi;

• Ixtirochilar va meykerlar uchun ochiq muhandislik maydoni – FabLab. FabLab konsepsiyasi Massachusets texnologik instituti tomonidan ishlab chiqilgan. FabLab yoki raqamli ishlab chiqarish laboratoriyasi – bu ijodkorlik, murabbiylik va ixtiro uchun joy, o‘rganish va innovatsiyalar makoni. Hozirda FabLab tarmog‘i dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridagi 1750 FabLab laboratoriyalarini birlashtiradi;

• Maktab o‘quvchilari uchun ochiq muhandislik maydoni – FabLearn, 21-asr maktablarida tadqiqotlar va o‘qish qarashlarini birlashtiradi. FabLearn ochiq muhandislik maydoni AQShning Kolumbiya universiteti tomonidan muvofiqlashtiriladi. Dunyoning turli mamlakatlarida joylashgan ushbu maktab laboratoriyalari o‘rta va katta maktab o‘quvchilari qo‘liga raqamli ishlab chiqarish hamda ixtirochilik va innovatsiyalar uchun boshqa ilg‘or texnologiyalarni taqdim etadi;

• CDIO konsepsiyasi – Massachusets texnologiya institutida olimlar, o‘qituvchilar va sanoat vakillari ishtirokida boshlangan asosiy muhandislik ta’limini isloh qilish bo‘yicha yirik xalqaro loyihadir. Hozirda esa CDIO konsepsiyasi butun dunyo bo‘ylab 120 dan ortiq ta’lim muassasalarini birlashtiradi;

• Fan, texnologiyalar, muhandislik va matematikani birlashtirgan STEM -ta’limi ta’lim va o‘quv jarayoniga amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvni anglatadi. Bugungi kunga kelib, bu butun dunyo bo‘ylab faol rivojlanayotgan ta’limni transformatsiya qilishning ilg‘or vositalaridan biridir;

• Dual ta’limning yangi texnologiyalari. Dual ta’lim – bu ishlab chiqarishga to‘liq tayyor bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga imkon beradigan nazariya va amaliyotning eng maqbul uyg‘unligi. Hozirgi vaqtda ushbu texnologiya butun dunyo bo‘ylab ta’lim muassasalarida yuqori darajadagi mutaxassislarni tayyorlash uchun faol rivojlanmoqda.

Xabning taklif etilayotgan innovatsion ta’lim tuzilmasi raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni rivojlantirishda jadal ilmiy-texnik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan zamonamizning murakkab dunyo muammolarini hal qilishga qodir bo‘lgan O‘zbekistonning innovatsion iqtisodiyoti uchun yangi avlod texnologik muhandislik nufuzini tayyorlashga mo‘ljallangan. Shunday qilib, zamonaviy muhandislik ta’limi amaliyotga yo‘naltirilgan yo‘lni bosib o‘tishi kerak, o‘quv jarayoni esa uzluksiz harakatning bir qismiga aylanishi zarur: maktab – OO‘Yu – korxona. Ish beruvchilarni ushbu zanjirga kiritish kasbiy qiziqish orqali, talabalar esa muayyan kasbiy vazifalarni hal qilish va loyihalarni amalga oshirish orqali mumkin. Ushbu jarayon ta’lim faoliyatida nufuzli muhandislik ta’limi uchun Amaliyotga yo‘naltirilgan ilg‘or ta’lim texnologiyalari transferi bo‘yicha Innovatsion xabning yoshlar tashabbuslari markazi negizida dunyoning eng yaxshi amaliyotlari va zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanganda ro‘yobga oshirilishi mumkin. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Innovatsion xabda taklif etilayotgan amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining Ochiq muhandislik maydoni AQSh, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Shveytsariya va dunyoning boshqa rivojlangan mamlakatlaridagi muhandislik markazlari, laboratoriyalari va oliy o‘quv yurtlaridan foydalanish imkonini beradi va shu turzda ilk bor “aql oqimi”ning eng qiyin muammosi hal qilindi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi turli muhandislik markazlari va laboratoriyalari bilan muhandislik ko‘nikmalari, g‘oyalar, ta’lim dasturlari, startaplar bilan almashish imkoniyati iqtidorli mahalliy yoshlarni mamlakat uchun saqlab qoladi va “aql oqimi”ning oldini oladi. Shunday qilib, O‘zbekistonning innovatsion iqtisodiyoti uchun mamlakatning texnologik rivojlanishidagi eng murakkab muhandislik vazifalari va muammolarini hal qilishga qodir bo‘lgan mahalliy muhandislarning yangi avlodi shakllantirilishi mumkin.

Ijtimoiy tarmoklada:

Veb sayt: cfyi.uz

Instagram: centerforyouthinitiatives

Facebook: centerforyouthinitiatives

Youtube: CenterforYouthInitiatives

Linkedin: company/center-for-youth-initiatives

Reklama huquqi asosida