O‘zbekiston | 16:55 / 25.12.2023
3936
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

APEX INSURANCE "Turon" qayta sug‘urta qilish sig‘imining asoschilaridan biriga aylandi

2023 yil 23 dekabr kuni Toshkentda “Turan” xalqaro qayta sug‘urta qilish sig‘imini tashkil etish bo‘yicha kelishuvni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

“APEX INSURANCE” AJ (O‘zbekiston), "Halyk" Sug‘urta kompaniyasi” AJ (Qozog‘iston), “AzRe Reinsurance” OAJ (Ozarbayjon) va “Insurance Company Aldagi Group” (Gruziya) “Turan” xalqaro qayta sug‘urta qilish sig‘imini tashkil etdilar. Marsh McLennan (Qozog‘iston va Markaziy Osiyo) esa ushbu qayta sug‘urta qilish sig‘imining ma’muri etib belgilandi. Kelishuvni imzolash marosimi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Foto: APEX INSURANCE

Yakuniga yetayotgan 2023 yilning qayta sug‘urta qilish sohasidagi eng yirik tadbirlaridan birida xorijiy va mahalliy sug‘urta va qayta sug‘urta bozorlarining yetakchi ekspertlari va top-menejyerlari, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Gruziyaning nazorat qiluvchi organlari, professional hamjamiyatlari va matbuot vakillari ishtirok etdilar.

Marsh McLennan (Qozog‘iston va Markaziy Osiyo) Bosh direktori Andrey Komarovskiy imzolash marosimida bayon qilishicha, hajmi 5 mln. AQSh dollariga teng va kelgusida 100 mln AQSh dollargacha oshish salohiyatiga ega bo‘lgan umumiy sig‘imni tashkil etish bo‘yicha ishtirokchilar resurslarining o‘zaro birlashuvi dunyo bo‘ylab joylashgan sug‘urta obektlari bo‘yicha qayta sug‘urta himoyasini taqdim etishni nazarda tutib, ularni sug‘urtalash yoki qayta sug‘urtalashga sig‘imning ishtirokchilari va hamkorlari jalb etiladi. 

Foto: APEX INSURANCE

“Nomuayyanlik yagona o‘zgarmas bo‘lib qolayotgan bugungi dunyoda, o‘zaro hamkorlikning kuchi alohida ahamiyat kasb etadi. Bugun biz nafaqat O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Gruziya qayta sug‘urtalovchilarining, balki Markaziy Osiyo va Kavkaz sug‘urta hamjamiyatlarining professional ishtirokchilari birlashuvining guvohi bo‘lmoqdamiz. Ushbu qayta sug‘urta qilish sig‘imi nafaqat geografik yaqinlikni, balki barqaror va o‘zaro bog‘liq sug‘urta sohasining umumiy yondoshuvini ham anglatadi” – dedi “APEX INSURANCE” AJ Kuzatuv kengashi a’zosi Umid Xalikov. Uning ta’kidlashicha, sig‘im ishtirokchilari o‘zaro sa’y-harakatlarini birlashtirar ekanlar, bu harakatning mahalliy bozorlarga sezilarli ta’sirini ham e’tibordan qoldirganlari yo‘q.  

Foto: APEX INSURANCE

“Turan” – nafaqat xalqaro hamkorlik, balki iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish va bu borada imkoniyatlar yaratish orqali mahalliy bozor rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi va’da deyish mumkin.

“Turan” sig‘imi milliy va mintaqaviy miqyosda tavakkalchiliklar boshqaruvini sezilarli darajada kuchaytirishga qaratilgan tavakkalchiliklarni taqsimlash bo‘yicha samarali mintaqaviy mexanizm hisoblanadi.

Mazkur qayta sug‘urta qilish tuzilmasi ishtirokchilarga keng mijozlar bazasiga kirish, mintaqada o‘z ulushini oshirish imkoniyatini beradi va nafaqat mintaqa ichida, balki uning tashqarisida ham zamonaviy anderrayting platformasi yaratilishiga zamin yaratadi. Ushbu yangi mexanizm Markaziy Osiyo va Kavkazdagi keng ko‘lamli loyihalar sug‘urta himoyasi ishonchliligni oshirish bilan birga, ishtirokchi davlatlar o‘rtasida iqtisodiy barqarorlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Instagram|Facebook|Telegram

Reklama

Mavzuga oid