Chexiya Ukrainaga qaytishga tayyor bo‘lgan qochqinlarga pul to‘lashga tayyor
Praga vataniga qaytishga rozi bo‘lgan ukrainaliklarga moliyaviy yordam ko‘rsatadi. Naqd to‘lovning aniq miqdori hali aniqlashtirilmagan.
Chexiya o‘z vataniga qaytishga qaror qilgan ukrainalik qochqinlarga moliyaviy yordam ko‘rsatadi, deb xabar berdi The Insider 24 dekabr, yakshanba kuni Chexiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va mamlakat prezidenti Petr Pavel tomonidan imzolangan qonunga tayanib. Praga hukumati hali to‘lovning aniq miqdorini aniqlashtirmagan, biroq uni olish huquqidan faqat bir marta foydalanish mumkinligi ma’lum.
Repatriatsiya uchun mablag‘ olgan ukrainaliklar o‘ziga ko‘rsatilgan yordamning yarmini Chexiya davlatiga qaytargan taqdirdagina Chexiyaga qaytishi mumkin bo‘ladi. Qonunga tushuntirish xatida Ukrainadagi urush yaqin orada tugamasligi, shuning uchun Chexiyadagi ukrainalik qochqinlarni himoya qilish dasturi 2025 yil 31 martgacha uzaytirilishi qayd etilgan.
Ilgari muhojirlarni vataniga qaytarish to‘g‘risidagi qonun faqat arizachiga o‘z vataniga samolyot yoki poyezd chiptasini sotib olib berish imkoniyatini nazarda tutgan edi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi xodimlari repatriantlarga barcha kerakli hujjatlarni tayyorlashda yordam ko‘rsatishi lozim bo‘lgan.
Ukrainaliklarning atigi 10 foizi vataniga qaytishga tayyor
Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, Chexiyadagi qochqinlarning 10 foizi yaqin kelajakda Ukrainaga qaytishni rejalashtirgan. 66 foizi qachondir vataniga qaytishiga umid bildirgan, bu ko‘rsatkich 2022 yilda nisbatan yuqori bo‘lgan.
Hozirda Chexiyadagi ukrainalik qochqinlarning 75 foizi boshqa davlatga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmayapti.
Mavzuga oid
14:00 / 16.11.2024
Umerov: Ukraina Rossiya tomonidan egallab olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi
13:46 / 16.11.2024
Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:41 / 15.11.2024