Iqtisodiyot | 10:30 / 25.12.2023
20573
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston noyabrda Xitoyga gaz eksportini qariyb 30 foizga oshirdi

Yetkazib berish ketma-ket ikkinchi oy o‘sdi, ammo o‘tgan yilgi darajadan ikki barobar kam.

Foto: Kun.uz

Noyabr oyida O‘zbekiston Xitoyga tabiiy gaz eksportini qariyb 30 foizga oshirdi, deya xabar beradi Spot Xitoy Bosh bojxona boshqarmasiga tayanib. 

Noyabr oyida Xitoyga O‘zbekiston gazining oylik yetkazib berish hajmi 54,58 million dollarni tashkil etib, oktyabr oyiga nisbatan 29,2 foizga o‘sdi. Xitoyga gaz eksporti ketma-ket ikki oy o‘sishda davom etmoqda. 

Yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Xitoyga 509,03 million dollarlik tabiiy gaz eksport qildi, bu 2022 yil uchun xuddi shu ko‘rsatkichdan ikki barobar kam.

Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni 11 oy davomida 8,82 milliard dollarlik ko‘k yonilg‘i yetkazib bergan Turkmaniston egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda esa Rossiya, u tabiiy gaz eksportini deyarli ikki barobarga – 5,88 milliard dollarga yetkazdi. Keyingi pog‘onalarda - Myanma (1,34 milliard dollar) va Qozog‘iston (1,21 milliard dollar). 

Mavzuga oid