G‘arb strategiyani yashirincha o‘zgartirdi va Ukrainani Rossiya bilan muzokara olib borishga undamoqda - OAV
Ommaviy ritorikaga qaramay, Vashington va Bryussel Kiyevning g‘alaba qozonishi yo‘lida emas, kelajakdagi muzokara pozitsiyasi ustida ishlamoqda.
G‘arbning Ukrainaga yordami bilan bog‘liq muammolar fonida Jo Bayden ma’muriyati va Yevropa rasmiylari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash strategiyasini jimgina o‘zgartirib, urg‘uni Rossiya ustidan to‘liq g‘alaba qozonishga emas, balki urushni tugatish bo‘yicha ehtimoliy muzokaralarda Kiyev pozitsiyasini yaxshilashga qaratmoqda.
Politico nashrining o‘z manbalariga tayanib yozishicha, bunday tinchlik muzokaralari Ukraina hududining bir qismini Rossiyaga berilishini anglatishi mumkin.
Qayd etilishicha, Oq uy va Pentagon hali ham ochiqchasiga Rossiya armiyasini Ukrainadan to‘liq chiqarib yuborish zarurligini ta’kidlamoqda, biroq Kiyev bilan hududlarni ozod qilishga urinishlardan voz kechib, strategik mudofaaga o‘tish zarurligini yashirincha muhokama qilmoqda. Bu sa’y-harakatlar havo mudofaasini kuchaytirish va mudofaa istehkomlarini qurishni ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Bayden ma’muriyati Ukrainaning o‘z mudofaa sanoatini tezda qayta tiklashga e’tibor qaratgan.
«Mudofaa pozitsiyasiga o‘tish ukrainaliklarga resurslarni tejash imkonini berishi, o‘z navbatida Rossiyaning kelajakdagi muvaffaqiyati ehtimolini kamaytirishi mumkin», dedi AQSh armiyasi harbiy kollejining razvedka bo‘yicha eksperti Entoni Pfaff.
Vashingtonda istiqomat qiluvchi yevropalik diplomatning aytishicha, Yevropa Ittifoqi ham Ukrainani Moskva bilan «muzokaralar uchun eng yaxshi pozitsiyaga olib chiqish» uchun Ukrainaning NATO a’zoligiga qabul qilinishini tezlashtirmoqchi.
Politico strategik vaziyatni tahlil qilarkan, «ukrainaliklarning o‘zi ham Putinga qancha vaqt qarshilik ko‘rsatish mumkinligi haqida ommaviy munozara bilan shug‘ullanayotganini» qayd etadi.
«Ukrainada ham qo‘shin, ham qurol-yarog‘ yetishmayotgan sharoitda Zelenskiyning Moskva bilan yangi muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortishi mamlakatda siyosiy jihatdan nomaqbul bo‘lib ko‘rinadi. Yarim million qo‘shimcha kuchni safarbar qilmoqchi bo‘lgan Ukraina prezidenti o‘z qo‘mondoni general Valeriy Zalujniy va Kiyev meri Vitaliy Klichko tomonidan kuchayib borayotgan ichki muxolifatga duch kelmoqda», deb yozdi nashr.
Taniqli amerikalik publitsist va siyosiy sharhlovchi, The New York Times tahririyati a’zosi Serj Shmeman hududlarini yo‘qotish evaziga bo‘lsa-da, Ukrainani zudlik bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lishi lozimligi haqidagi maqolasini e’lon qildi.
Uning fikricha, G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanishning susayishi sharoitida Ukraina yaqin kelajakda Rossiya armiyasini o‘z hududidan chiqarib yuborish istiqboliga ega emas. Urushning davom etishi Ukrainaning resurslari va demografik jihatdan yanada kamayib ketishini anglatadi. Urushni tugatish esa G‘arb ko‘magida kuchli demokratik davlat qurish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid
22:10
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
21:19
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
20:17
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18