Polsha davlat ommaviy axborot vositalari tugatilganini e’lon qildi
Mamlakatda davlat radiosi, kanali va axborot agentligi budjetdan moliyalashtirilmaydi va tugatiladi.
Polsha madaniyat vaziri Bartolomey Senkevich davlat teleradio va axborot agentligini tugatish to‘g‘risidagi qarorni e’lon qildi. Bu haqda Polsat News xabar berdi.
«Men «Polsha televideniyesi», «Polsha radiosi» va «Polsha matbuot agentligi»ni tugatishga qaror qildim», dedi vazir.
Senkevich so‘zlariga ko‘ra, bunga prezident Anjyey Dudaning davlat ommaviy axborot vositalarini moliyalashtirishni to‘xtatish haqidagi qarori sabab bo‘lgan.
Vazirning aniqlik kiritishicha, hozirgi vaziyatda davlat ommaviy axborot vositalarining tugatilishi kompaniyalarning kelgusida uzluksiz ishlashini ta’minlaydi, biroq hozir birinchi navbatda ularni «qayta tuzish va xodimlarni ishdan bo‘shatilishining oldini olish» zarur.
Avvalroq, Polsha prezidenti Anjyey Duda 2024 yilga mo‘ljallangan hukumat xarajatlari rejasini Polsha Seymiga taqdim etgan edi. Unda «Polsha televideniyesi» ehtiyojlari uchun 3 milliard zlotiy (taxminan 750 million dollar) ajratilishi bloklangan.
Bundan oldin Polsha rahbari davlat ommaviy axborot vositalarini barcha zarur mablag‘ bilan ta’minlaydigan qonunga veto qo‘ydi.
Shuningdek, 20 dekabr kuni Siyenkevich Polsha televideniyesi, radiosi va matbuot agentligi boshqaruvi rahbarlarini ishdan bo‘shatdi. Davlat ommaviy axborot vositalarida o‘zgarishlar qilish qarori Polshaning birlashgan muxolifati saylovlarda g‘alaba qozongani bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
13:14 / 09.11.2024
Polsha: RF maxsus xizmatlari AQShga reyslarda portlashlar tayyorlagan bo‘lishi mumkin
23:43 / 05.11.2024
Polshada AQSh va Kanada reyslarida terakt uyushtirishni reja qilgan «GRU» agentlari qo‘lga olindi
23:56 / 04.11.2024
Polshada radiostansiya jurnalistlarni ishdan bo‘shatib, sun’iy intellektdan foydalanishga o‘tdi. Bu jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi
14:50 / 04.11.2024