Niderlandiya armiyasi bosh qo‘mondoni fuqarolarni Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirdi
Uning ta’kidlashicha, fuqarolar favqulodda vaziyatlarda omon qolish uchun allaqachon oziq-ovqat va ichimlik suvini g‘amlab qo‘yishi lozim.
Niderlandiya Qirolligi armiyasi bosh qo‘mondoni general Martin Viynen yurtdoshlarini Rossiya bilan jang qilishga tayyor bo‘lishga chaqirdi.
«Biz Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qurolli mojaroga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Bunga butun jamiyat tayyor bo‘lishi kerak», deb uning so‘zlarini keltirdi De Telegraaf.
Viynen so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga yaqinroq bo‘lgan Yevropa davlatlarining aholisi ehtimoliy urushga ruhiy jihatdan yaxshiroq tayyorlangan va Niderlandiya ulardan o‘rnak olishi kerak.
«Niderlandiyaliklar biz 1500 kilometr uzoqlikda bo‘lganimiz sababli xavfsizligimiz kafolatlangan deb o‘ylamasligi kerak», dedi bosh qo‘mondon.
Generalning ta’kidlashicha, fuqarolar favqulodda vaziyatlarda omon qolish uchun allaqachon oziq-ovqat va ichimlik suvini g‘amlab qo‘yishi lozim. Bundan tashqari, Niderlandiya o‘z armiyasini sezilarli darajada kuchaytirishi kerak, chunki «Rossiya faqat bitta tilni tushunadi: qudratli armiyani».
Avvalroq Germaniyaning Bild nashri Yevropa razvedka xizmatlaridan biriga havola qilib, Rossiya Yevropaga 2024 yoki 2025 yillarda hujum qilishi mumkinligini yozgan edi. Nashrning ta’kidlashicha, u saylov paytida Qo‘shma Shtatlar «rahbarsiz» qoladigan va sheriklariga yordam bera olmaydigan paytni kutadi.
Mavzuga oid
18:18
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
13:46
Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi
13:19
NOS: Rossiya hakerlari Yevropa sun’iy yo‘ldoshlariga hujum qilyapti
23:17 / 15.11.2024