Surxondaryoda aka-uka YPX avtomobilini to‘xtatib, uning kalitini olmoqchi bo‘ldi
Surxondaryoda mobil kompleks (multiradar) bilan jihozlangan avtomobilda xizmat olib borayotgan xodimning faoliyatiga to‘sqinlik qilishga uringan aka-ukalarga nisbatan sud tomonidan chora ko‘rildi. Bu haqda IIV YHXX matbuot xizmati xabar berdi.
Surxondaryo viloyatidagi M-41 xalqaro avtomobil yo‘lida YPX xodimlari multiradar o‘rnatilgan avtomobilda xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Shu payt mazkur yo‘lda harakatlanib kelayotgan boshqa bir avtomobil haydovchisi YPX xodimlarini to‘xtatib, ular bilan janjallashgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tumani sudi qarori bilan huquqbuzarlarga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
«Mashinaning ichidan kalitni olmoqchi bo‘lib, ozgina tortishdik. YPX xodimining ishiga noqonuniy aralashdik. Noto‘g‘ri ish qilganimizdan uzr so‘raymiz. Boshqa bu ish qaytarilmaydi», degan huquqbuzar haydovchi.
Mavzuga oid
15:26 / 20.09.2024
Skuter va yuk mashinalariga doir taqiqlar, “radarlar” hamda YHXXning bekor bo‘layotgan vakolati – Senat yangi o‘zgarishlarni ma’qulladi
14:28 / 18.09.2024
“Vodorod sulfidi yuqori konsentratsiyada sizib chiqishi kuzatilmadi” – Ekovazirlik
13:34 / 18.09.2024
Boysundagi konda yana avariya kuzatildi. Qurbonlar bor
12:08 / 12.09.2024