Turkiyaning «ko‘rinmas» droni birinchi marta havoga ko‘tarildi
Uning dvigateli Ukrainada yasalgani, 12 kilometrdan ortiq balandlikda ucha olishi va 10 soatgacha havoda qolishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Ukraina dvigateli bilan jihozlangan Turkiyaning «ko‘rinmas» uchuvchisiz samolyoti debyut parvozini muvaffaqiyatli yakunladi.
Bloomberg xabariga ko‘ra, ANKA-3 droni loyihasi Turkish Aerospace Industries (TAI) davlat kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va Ukraining «Progress» mashinasozlik konstruktorlik byurosi dvigateli bilan jihozlangan. Dron 28 dekabr kuni bir soatdan ko‘proq parvoz qilib, 2,4 km balandlikda 280 km/soat tezlikka erishgan.
ANKA-3 parvozi haqidagi video Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilindi. Unda «ilg‘or texnologiyasi, dizayni va imkoniyatlari tufayli uchuvchisiz samolyot mamlakat mudofaasiga katta hissa qo‘shishi» ta’kidlangan.
ANKA-3 razvedka, kuzatuv va jangovar vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan. U 12 kilometrdan ortiq balandlikda ucha oladi va 1200 kilogrammgacha foydali yukni ko‘tarib, 10 soatgacha havoda qolishi mumkin.
Avvalroq, Bloomberg Turkiya Baykar kompaniyasi tufayli jangovar dronlar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylanganini yozgan edi. Bunga Ukrainadagi jang maydonida Bayraktar dronlarining imkoniyatlari yaqqol namoyish etilganidan keyin erishildi. Natijada, dunyoning boshqa davlatlaridan buyurtmalar ko‘paydi.
Shu yilning sentabr oyida Turkiyaning Bayraktar uchuvchisiz samolyotlari taxminan bir yarim yildan so‘ng Ukrainada ishlab chiqarila boshlashi, loyihaga 100 million dollarga yaqin sarmoya kiritilishi ma’lum qilingan edi.
Mavzuga oid
14:00
Umerov: Ukraina Rossiya tomonidan egallab olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi
13:46
Jurnalistlar Ukrainada 78 ming rossiyalik askar halok bo‘lganini tasdiqladi
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:41 / 15.11.2024