AQSh X-37V maxfiy harbiy kosmoplanini orbitaga uchirdi
Uchirish uni yuqori orbitaga yetkaza oladigan Falcon Heavy raketasi yordamida amalga oshirildi. Pentagon missiya maqsadlari haqida faqat «ko‘plab ilg‘or tajribalar» o‘tkazilishini bildirdi.
AQShda 29 dekabr, jumaga o‘tar kechasi X-37V maxfiy harbiy kosmoplani yettinchi marotaba havoga ko‘tarildi. Uchirish Floridadagi Kanaveral burnidan birinchi marta SpaceX kompaniyasining Falcon Heavy o‘ta og‘ir toifadagi raketasi yordamida amalga oshirildi, u apparatni avvalgidan ham balandroq orbitaga olib chiqishga qodir. Atlas V raketa tashuvchisi va keyinchalik Falcon 9 tomonidan koinotga olib chiqilgan X-37V’ning avvalgi parvozlari Yerdan ikki ming kilometrgacha balandlikda amalga oshirilgan.
AQSh Mudofaa vazirligi missiya haqida kam ma’lumot e’lon qildi va faqat noyabr oyida bu missiya «ko‘plab ilg‘or tajribalar», jumladan «yangi orbital rejimlarda X-37V’ni ishlatish, kelajakda kosmik makondan xabardorlik texnologiyalari bilan tajriba o‘tkazish, NASA tomonidan taqdim etilgan materiallarga radiatsiya ta’sirini o‘rganish va boshqalarni» o‘z ichiga olishini bildirgan. Kemaning orbitada qancha vaqt bo‘lishi ma’lum qilinmagan, biroq parvoz 2026 yilning iyunigacha davom etishi kutilmoqda. Oxirgi marta X-37V orbitada ikki yildan ortiq qolib ketdi.
Parvoz uch marta bekor qilindi
Amerika kosmoplanining uchirilishi ikki hafta kechikish bilan sodir bo‘ldi, uchirish yomon ob-havo va texnik muammolar tufayli uch marta bekor qilindi. Ikki hafta oldin Xitoy o‘zining Shenlong («Ilohiy ajdaho») deb nomlangan maxfiy robotlashtirilgan kosmik samolyotini orbitaga jo‘natdi.
X-37B kosmik droni tashqi ko‘rinishidan boshqariladigan kosmik kemaning mini-versiyasiga o‘xshaydi. Uning uzunligi to‘qqiz metr, qanotlari kengligi - 4,5 metr, uchish og‘irligi - 5 tonnaga yaqin. U quyosh batareyalaridan quvvat oladi. Orbitada parvozdan so‘ng qurilma samolyot rejimida qo‘na oladi.
X-37B 2010 yildan beri foydalanishda, Boeing va Lockheed Martin qo‘shma korxonasi - United Launch Alliance tomonidan Pentagon uchun ishlab chiqilgan.
Mavzuga oid
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
14:32 / 16.11.2024