Ohangaronda hokim yordamchisi 15 ming dollar bilan ushlandi
Toshkent viloyatida yer sotishga aralashgan hokim yordamchisi qo‘lga olindi.
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Ilg‘or” MFY hududida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 10 gektar yer maydonini “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi 67-bandi ijrosi doirasida 10 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga tadbirkordan 80 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u mazkur pul mablag‘idan 15 ming AQSh dollarini Ohangaron tumani “Ilg‘or” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisiga berishi kerakligi aniqlangan.
DXX xabarida qayd etilishicha, ushbu mansabdor shaxs ham so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlangan.
Mavzuga oid
08:50 / 17.09.2024
O‘rmon xo‘jaligi ijaradagi yerini 61 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
15:00 / 07.09.2024
Ikki hududda elektrdan noqonuniy foydalanganlar 400 mln so‘mdan ziyod zarar yetkazdi
08:31 / 28.08.2024
Rossiya Ukraina bilan urush qatnashchilariga Qrimdan yer beradi
19:58 / 23.08.2024