Jahon | 09:40 / 30.12.2023
7406
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Ukrainani o‘qqa tutishi oqibatida halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Rossiyaning 29 dekabrga o‘tar kechasi Ukraina shaharlariga bergan zarbalari natijasida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, 160 dan ortiq kishi jarohatlandi, dedi prezident devoni rahbari o‘rinbosari Oleksiy Kuleba.

29 dekabrga o‘tar kechasi Rossiyaning Ukrainaga bergan eng yirik aviazarbasi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi, yana 160 kishi yaralandi, deb xabar berdi Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko Telegram’da.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyevda 9 kishi halok bo‘lgan, 30 kishi yaralangan; Zaporijjyada - 7 kishi halok bo‘ldi va 13 kishi yaralandi; Lvivda bir kishi halok bo‘ldi va 30 kishi yaralandi, Odessada - ikki kishi halok bo‘ldi va 15 kishi yaralandi. Dnipropetrovsk viloyatida 6 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jarohatlandi. Xarkiv viloyatida fuqarolik korxonalaridan birining uch xodimi halok bo‘ldi, yana 11 kishi yaralandi. 

Rossiya armiyasi Ukraina hududiga 158 ta raketa va uchuvchisiz uchoqlarni uchirdi 

Rossiya Kiyev, Xarkiv, Dnipro, Odessa, Lviv, Zaporijjya va Ukrainaning bir qator boshqa shaharlarini Shahed dronlari va har xil turdagi raketalardan o‘qqa tutdi. Hammasi bo‘lib Ukraina bo‘ylab 158 ta raketa va uchuvchisiz uchoqlar, shu jumladan 36 ta UUA va 122 ta raketa uchirildi. Ukraina qurolli kuchlari 114 ta nishonni urib tushirishga muvaffaq bo‘ldi. 

Rossiyaning Ukraina shaharlariga zarbalari natijasida ko‘p qavatli turar joy binolari, Dniprodagi savdo markazi, muhim infratuzilma, fuqarolik korxonalari va omborxonalar zarar ko‘rdi, deya xabar beradi Ukraina rasmiylari.

Mavzuga oid