BMT Rossiya va Ukrainani vaziyatni zudlik bilan yumshatishga chaqirdi
«Xalqaro gumanitar huquq palapartish hujumlar va fuqarolik obektlariga hujumlarni taqiqlaydi», dedi BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Tyurk.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk 2 yanvar, seshanba kuni Rossiya va Ukrainani jangovar vaziyatni yumshatish, shuningdek, tinch aholi himoyasi va xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilish uchun zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi.
«Urushning xavotirli avj olishi kuzatilmoqda, Ukraina va Rossiyada o‘nlab tinch aholi vakili halok bo‘ldi. Xalqaro gumanitar palapartish hujumlar va fuqarolik obektlariga hujumlarni taqiqlaydi», - deya ta’kidladi BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi X ijtimoiy tarmog‘ida.
Belgorod va Ukrainaning bir qator shaharlarini o‘qqa tutish
Shu kuni ertalab Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, Belgorodni o‘qqa tutish paytida bir kishi halok bo‘lgan. Yana 11 kishi jarohatlangan. Rossiya Mudofaa vazirligi ta’kidlashicha, bir kun ichida Belgorodga uchta raketa zarbasi berildi.
3 yanvar kuni erta tongda Gladkov Telegram’da Rossiyaning Belgorod va Belgorod tumani uzra havo hujumidan mudofaa tizimi shaharga yaqinlashayotganda bir nechta havo nishonlarini urib tushirgani haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Valuysk shahar okrugidagi Soloti qishlog‘i Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan». Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q, deya qo‘shimcha qildi gubernator.
29 dekabr kuni Rossiya qo‘shinlari Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlariga turli raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda bir necha yirik hujumlar uyushtirdi. Bunga javoban Ukraina qo‘shinlari 30 dekabr kuni Belgorodga raketa zarbalari berdi, natijada 24 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Shu kuni Rossiya Xarkivni o‘qqa tutdi. Zarbalardan biri o‘sha paytda Germaniyaning ZDF telekanali jurnalistlari istiqomat qilayotgan Kharkiv Palace mehmonxonasiga tegdi. Suratga olish guruhining yetti a’zosidan ikki nafari yaralandi.
2 yanvarga o‘tar kechasi ham Rossiya armiyasi Kiyev va Xarkivni ommaviy o‘qqa tutdi.
Mavzuga oid
20:17
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18
Rossiyada migrantlarni nazorat etadigan «Migrant ID» joriy qilinishi mumkin
14:00
Umerov: Ukraina Rossiya tomonidan egallab olingan barcha yerlarni qaytarib olmoqchi
13:46