Jahon | 15:59 / 05.01.2024
13436
5 daqiqa o‘qiladi
Ukraina tankchilari Avdiyivka yaqinida yangi janglarga tayyorlanmoqda. Urush suratlari
Ukrainada urushning 680-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya mudofaa vazirligi Qrim ustida o‘nta aviatsiya raketasi urib tushirilganini ma’lum qildi. Sevastopolda raketa parchalari tushishi oqibatida bir kishi jarohatlangan. Ukraina qurolli kuchlari esa RF qo‘shini qo‘mondonlik punktiga zarba berilganini aytmoqda.
- Ukraina razvedkasi Chelyabinskdagi harbiy aerodromda o‘tkazilgan «maxsus amaliyot» vaqtida Su-34 bombardimonchi samolyotiga o‘t qo‘yib yuborilganini ma’lum qildi.
- The Wall Street Journal nashri Rossiya kichik masofaga harakatlanuvchi ballistik raketalar xarid qilish bo‘yicha Eron bilan muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.
- Rossiya qo‘shini Xarkiv va Kuraxovo bo‘ylab raketa zarbalari yo‘lladi.
- Rossiya qo‘shini zarbalaridan keyin Kropivnitskda energetika infratuzilmasining ikki obekti shikastlangan. Bir kishi halok bo‘lib, yana sakkiz kishi yaralangan.
- Reuters xabariga ko‘ra, rossiyalik hakerlar «Kiyevstar» operatori tizimiga kiberhujumdan yetti oy oldin — 2023 yil may oyidayoq buzib kirishgan.
- AQSh Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar boshlashga tayyorligining alomatlari yo‘qligini ma’lum qildi.
- Putin armiyada xizmat qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan xorijliklarni Rossiya fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi farmonini imzoladi.
Donbass shimolidagi ukrain tankchilari
Ukraina QK 59-mexanizatsiyalashgan brigada jangchilari Donetsk yaqinidagi Avdiyivka shahrini Rossiya bosqini boshlanganidan buyon himoya qilmoqda. So‘nggi oylarda RF qurolli kuchlari bu yo‘nalishga yirik zaxiralarni to‘pladi va mustahkamlangan shaharni qurshovga olishga urinmoqda. Ammo rus qo‘shini 59-brigadaning shahar janubidagi pozitsiyalarini yorib o‘ta olmadi.
«Tungi bo‘rilar» yangi yil archasi
Mavzuga oid
17:58
Britaniya va Fransiya Baydenni Ukraina Storm Shadow raketalaridan foydalanishiga ruxsat berishga ko‘ndirmoqchi
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
21:05 / 10.11.2024